XVIII asr Fransuz ma’rifatchilik adabiyoti (2024)

  • Fransua



  • Download 0,5 Mb.

    bet64/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139

    1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 135

    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul
    Elеktron hisoblash mashinalarning yaratilish tarixi. Shaxsiy kom, ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИЯДАН УМК, file, 1. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha, book (2) (5), Mavzu Zahira logistikasi Reja, Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1), 1 ma’ruza kirish reja, 3-tema, Avtomatik boshqaruv tizimlarni vaqt tavsiflari Reja, Ijtimoiy mediani baholash, kasbiy manaviyat 2ывыв, A.Avloniyning ta\'lim tarbiya masalasi 4 (1), FSE test questions (1)

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Fransua
    XVIII asr Fransuz ma’rifatchilik adabiyoti. XVIII asrda Fran- siyada ma’rifatchilik xarakati keng quloch yozdi. Fransiya jahonga ma’rifatchilik adabiyotining tipik namunalarini berdi. Butun asr davomida Angliya va Fransiya o‘rtasida dengiz va quruqlikda bi- rinchilik uchun kurash bordi. Asr boshida Fransiya Amerikadagi bir qancha koloniyalardan ajraldi. Yetti yillik urush (1756–1763) dan so‘ng Kanada, Hindistondagi koloniyalar Angliya ixtiyoriga o‘tdi.
    Fransiyada absolyutizm (mutlaq hokimiyat)ning va, umuman, feodalizmga qarshi kurash, yemirilish davri Lyudovik XIV hokim- ligining so‘nggi davrlaridan boshlanadi va uning vorislari paytida
    yanada zo‘rayadi. Materialist Golbahning: «Taqdir taqozosi bilan taxtga ma’rifatli, adolatli, dono monarxlar o‘tirishi mumkin va xalq o‘tkazayotgan azob-uqubatlarni tushunib, ularni aqlli ko‘rsatmalari bilan bartaraf etadi» degan “orzusi”ga ma’rifatchilar juda ham is- honishar edi.
    Teatr ma’rifatchilar minbariga aylandi. Volter 60 yil davomida teatr uchun asarlar yozdi. Uning tragediya va komediyalari Ovru- pa ning deyarli barcha teatrlari sahnasida (XVIII asrda) ko‘rsatildi. Ma’rifatchilar teatr sohasida islohot qildilar: ijtimoiy hayotning real konfliktlari va qahramonlari tasvirlandi. ( uchinchi qatlam odamlari).
    Ular badiiy publitsistik prozaning yangi janri – falsafiy roman va qissani yaratdilar. (Monteskpe – «Fors xatlari», Russo – «Emil»,
    «Yangi Eloiza», Didro «Romanning jiyani». Volter «Kandid»)
    Fransua Mari Arue Volter (1694–1778). Volterni fransuz ma’rifatchilarining yyyetakchisi deyish mumkin. Parijda amaldor oilasida tug‘ilgan. Kollejda o‘qish paytida she’r yoza boshlagan va mashhur bo‘lib ketgan. Ammo amaldorlardan biri de Roganga yoq- maganligi uchun kaltaklanib Bastiliya qamoqxonasiga tashlangan. 3 yil mobaynida Angliyada yashadi.
    Umrining so‘nggi yillarini Fransiya va Shveytsariya chegara- sidagi Ferney degan joyda o‘tkazadi. «Ferney patriarxi»ni ziyorat qilish uchun turli mamlakatlardan juda ko‘plab kishilar kelib turardi. 1778-yilda Parijda vafot etdi.
    Volter-badiiy so‘z ustasi. Barcha ma’rifatchilar singari inson on- giga, aql-zakovatiga san’at orqali ta’sir ko‘rsatishni bosh vazifa deb bildi.
    Klassitsistlar estetikasiga qarshi chiqqan Volter Rasin va Ko- rnel ijodiga yuksak baho beradi. Shekspirni Fransiyadagi birinchi targ‘ibotchisiga aylanadi. «Shekspir buyuk daho, ammo u qo‘pol, dag‘al asrda yashadi va uning pyesalarida ana shu dag‘alliklar ta’sirini ko‘rish mumkin» degan fikrni bildirgan.
    Volter ijodi ko‘p qirrali bo‘lib, (epik, falsafiy dostonlar, odalar, satira, she’riy novellalar) 52 ta pyesa yozdi. ( 24 tasi tragediya).
    1718-yilda birinchi tragediyasi «Edip»ni yozadi. Bundan tashqari yana 4 ta tragediyasida u antik davr mavzusiga murojaat qiladi va yana 5 tasida («Brut», «Sezarning o‘limi» va boshqalar) Rim tar- ixi syujetlariga murojaat qiladi. Volter tragediya oldiga yangi vazi- falar qo‘yadi. (tarbiyaviy ahamiyati). U pyesalarni ma’rifatchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi qurol vazifasini o‘taydi deb hisoblaydi.
    «Edip»da u Sofoklga xos bo‘lgan taqdir oldida tiz cho‘kishini ko‘rmaymiz. Kohinlar xalqni soddaligidan foydalanuvchi yolg‘onchilar sifatida ko‘rsatiladi.
    Agar Kornel ana shu mavzudagi pyesasida «O‘z qiroli uchun jon bergan xalq baxtlidir» degan fikr ni ilgari surgan bo‘lsa, Volter «o‘z yurti uchun jon berish – qirollar burchi» degan xulosa chiqaradi.
    «Brut», «Zaira», «Muhammad» tragediyalari juda katta shuhrat qozongan. Qadimgi Rim tarixi. «Zaira» xristian qizi Zaira vaMisr sultoni Orosman o‘rtasidagi muhabbat . Nereston – Zairani akasi. Orosman Zairani rashk tufayli o‘ldiradi.
    Volter «Genriada» epik dostoni haqida.U o‘z ijodidagi shu turdagi yagona asarni yaratar ekan, o‘z oldiga ikki vazifani qo‘yadi: Fransi- yaga milliy epos namunasini berish, (Vergiliy, Tasso singari) va shu bilan birga aql-idrokni, ideal hukmronni madh etish. Asarda olim ma’budlarni o‘rnini nizo, fanatizm alvastisi singari figuralar egal- lagan. Dante qahramoni singari Genrix IV do‘zaxga va osmon-u fal- akka – taqdirlar qasriga sayohat qildi.
    «Orlean qizi» dostonida 1431-yil o‘tda yondirilgan qahramon qiz Janna D’Ark nomi bilan bog‘liq cherkov safsatalarini fosh qiladi. Falsafiy qissalarida Volter zulm, adolatsizlik, diniy jaholat, inson erki masalalariga to‘xtaldi.
    «Kandid yoki optimizmi» (1758) qissasi qahramoni Kandid sofdil, aqlli yigit. Uning ustozi faylasuf Panglos dunyodagi barcha narsalar ezgulikka olib boradi deb bilim beradi. Avvaliga bu falsa- fa*ga ishongan Kandid ongida (bir qancha davlatlar kezib chiqqan- dan so‘ng) Panglos falsafasiga ishonch yo‘qoladi. U har holda du- nyoda qandaydir aqlga muvofiq keladigan narsa bo‘lishi kerak, deb
    o‘ylaydi. Qahramon yer yuzida shunday yerni – sarobni axtaradi.
    Shunday tuzum deb Volter Eldorado mamlakatini tasvirlaydi. Bu yurtda tilla-yu javohirlarning hisobi yo‘q. Qirol olijanob, insonpar- var. Sud qilish, jazolash kabi hodisalar yo‘q. Ammo Eldoradoga olib boradigan yo‘l tog‘lar, baland qoyalar bilan to‘silib yotadi. Amalda unga borish mumkin emas.
    Muallif asar oxirida qahramon mehnat qilish kerak, degan xulo- saga keladi. “Mehnat bizni uch xil falokatdan: zerikish, nuqson va muhtojlikdan xalos qiladi”.

    1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 135


    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

    Bosh sahifa

    Dərs

    Mühazirə

    Qaydalar

    Referat

    Xülasə

    Yazı


    XVIII asr Fransuz ma’rifatchilik adabiyoti

    Download 0,5 Mb.

    XVIII asr Fransuz ma’rifatchilik adabiyoti (2024)

    References

    Top Articles
    Latest Posts
    Article information

    Author: Velia Krajcik

    Last Updated:

    Views: 5904

    Rating: 4.3 / 5 (74 voted)

    Reviews: 89% of readers found this page helpful

    Author information

    Name: Velia Krajcik

    Birthday: 1996-07-27

    Address: 520 Balistreri Mount, South Armand, OR 60528

    Phone: +466880739437

    Job: Future Retail Associate

    Hobby: Polo, Scouting, Worldbuilding, Cosplaying, Photography, Rowing, Nordic skating

    Introduction: My name is Velia Krajcik, I am a handsome, clean, lucky, gleaming, magnificent, proud, glorious person who loves writing and wants to share my knowledge and understanding with you.